Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

U23 Osiyo kubogi. Penaltidan foydalana olmadik va finalda imkoniyatni boy berdik

U23 Osiyo kubogi. Penaltidan foydalana olmadik va finalda imkoniyatni boy berdik

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarda o‘tkazilgan U23 Osiyo kubogini ikkinchi o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi.

Yaponiyaga qarshi kechgan final bahsida yigitlarimiz to‘p nazorati, raqibga bosim uyushtirish va yaratilgan vaziyatlar bo‘yicha ustunlikka erishishdi. Ammo yaponiyalik posbon Leo Kokubo juda yaxshi o‘yin namoyish etib, xavflarni bartaraf etdi.

O‘yinning asosiy vaqti tugash arafasida maydon markazida Diyor Xolmatov to‘pni yo‘qotdi. Bu xatoni esa yaponlar kechirishmadi. Fuki Yamada 18 metrlardan aniq zarba berib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotganida eronlik hakam VAR yordamida Yaponiya darvozasiga penalti belgiladi. Umarali Rahmonaliyev burchak tomon kuch zarba berdi. Ammo Kokubo zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, Temur Kapadze jamoasi ketma-ket ikkinchi marta kumush medallariga sazovor bo‘ldi. Yaponiya esa ushbu yosh toifasida ikkinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi.

U23 Osiyo kubogi, final
O‘ZBEKISTON - YAPONIYA - 0:1
Gol: Fuki Yamada (90+1)
Noaniq penalti: Umarali Rahmonaliyev (90+10, darvozabon)
O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Azamat Mirsaidov, Alibek Davronov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Muhammadqodir Hamraliyev, Diyor Xolmatov, Abdurauf Bo‘riyev, Jasur Jaloliddinov, Ruslan Jiyanov, Husayn Norchayev, Alisher Odilov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:52, 03.05.2024.
O'qildi: 5001 marta.
Fikrlar: 176 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.