Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Arteta: "Umid qilamanki, "Manchester Siti" ochko yo‘qotadi"

Arteta: "Umid qilamanki, "Manchester Siti" ochko yo‘qotadi"

Baho:
+ | -

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Siti" bilan chempionlik poygasi haqida gapirdi.

35-turdan so‘ng "kanonirlar" 80 ochko to‘plagan holda Premyer-ligada peshqadamlik qilmoqda. "Manchester Siti" 79 ochko va bitta zaxira o‘yini bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

"Manchester Siti" ochko yo‘qotishi mumkinmi? Yuragim va qalbimda umid qilamanki, ha. Mening ichimda nimalar bo‘layotganini bilasiz. Men shunchaki g‘alaba qozonishni xohlayman va buning uchun boshqalar ochko yo‘qotishi kerak va men bundan umidvorman.

"Manchester Siti" g‘alaba qozonganidan keyin esa his-tuyg‘ularingizni nazorat qilishingiz kerak, chunki o‘sha kuni nima bo‘lishi muhim emas. Oldinda hali ko‘p o‘yinlar bor. Bu sur’atni davom ettirish uchun o‘zimizni ko‘rsatishimiz, tayyorgarlik ko‘rishimiz va keyingi o‘yinga g‘alaba qozonishimiz kerak. Biz buni qilishga harakat qilyapmiz.

Jamoa Chempionlar ligasiga chiqqanini nishonlayaptimi? Yo‘q. Albatta, bu biz erishmoqchi bo‘lgan birinchi narsa: Chempionlar ligasiga barqaror kirish. Biz ketma-ket ikkinchi marta saralashdan o‘tdik va muhim sovrinlar uchun ham izchil kurashyapmiz. Lekin biz maqsad nima ekanligini bilamiz va u bizning oldimizda. Keling, bunga erisha olamizmi yoki yo‘qmi, ko‘ramiz", - dedi Arteta Evening Standard bilan suhbatda.

O‘tgan mavsumda "Manchester Siti" 89 ochko bilan Angliya chempioniga aylandi. "Arsenal" ikkinchi o‘rinni egalladi (84 ochko).

Kiritildi: 09:07, 04.05.2024.
O'qildi: 1342 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик