"Yuventus" barcha musobaqalarda qatorasiga 5ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi.
Kecha Massimiliano Allegri shogirdlari A Seriyaning 35-turida “Roma” bilan ochko bo‘lishdi (1:1). Bungacha Italiya kubogida “Lasio”ga imkoniyatni boy bergan (1:2), chempionatda "Kalyari" (2:2), "Torino" (0:0) va "Milan" (0:0) bilan durang o‘ynagan.
A Seriyada so‘nggi 9 turda "byankoneri" atigi 1 ta g‘alabaga erishdi. Ular shuningdek ikkita mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi.