Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone klub himoyachisi Mario Ermosoning yangi shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy yozda erkin agentga aylanishi mumkin. U hozircha "matraschilar"ning yangi taklifiga rozilik bildirmayapti.
“Mario Ermoso bizga doim ko‘p narsani beradi. Umid qilamanki, u biz bilan ishlashda davom etadi”, - dedi argentinalik mutaxassis.