Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nevill: "Menimcha, "Siti" oxirigacha boradi"

Nevill: "Menimcha, "Siti" oxirigacha boradi"

Baho:
+ | -

Gari Nevill "Manchester Siti" chempionlikni qo‘ldan boy bermasligiga ishonmoqda.

"Men bir necha hafta oldin ular "Arsenal" mukammal bo‘lishi kerakligini aytgandim, ammo ular "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda bitta xatoga yo‘l qo‘yishdi va "Siti" mavsumning ushbu bosqichida o‘z vazifalarini bajarmoqda, ular nima qilish kerakligini bilib turibdi.

Qog‘ozda ularni 10 kundan keyin "Tottenxem"ga qarshi qiyin o‘yin kutib turibdi, ammo "shporlar"ning hozirgi holatini hisobga olsak, menimcha, ular chempionlikka da’vogar "Siti"ga qarshi o‘ynash qiyin bo‘ladi.

"Arsenal" o‘tgan mavsumdan farqli jamoa ekanligini allaqachon isbotlab bo‘ldi, ammo men "Siti" oxirigacha mukammal bo‘lishini his qilyapman", - dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi.

36-turdan keyin “Arsenal” 83 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Siti" bir ochko ortda qolmoqda, ammo ularning zaxirasida bir o‘yin bor.

Kiritildi: 15:31, 06.05.2024.
O'qildi: 1102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик