Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Jamshid Saidov: «Chempionlik uchun kurashayotgan jamoa bilan bahsda durangga erishdik»

Jamshid Saidov: «Chempionlik uchun kurashayotgan jamoa bilan bahsda durangga erishdik»

Baho:
+ | -

Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – "Neftchi" uchrashuvidan so‘ng navoiyliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Og‘ir uchrashuv bo‘ldi. Birinchi taymda ustunlikni qo‘lga olishni istadik. Afsuski, bu o‘xshamadi va xatolikdan so‘ng to‘p o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda esa barchasini o‘zgartirdik va so‘nggi daqiqada gol kiritdik. Chempionlik uchun kurashayotgan jamoa bilan bahsda durangga erishdik. Futbol xatolarsiz bo‘lmaydi, albatta.

Legionerlar o‘zlarini oqlashmoqda. Lobjanidze ham endi formaga kirib bormoqda. Bu borada hech qanday muammo yo‘q.

Barcha bellashuvlarimizni safarda o‘tkazmoqdamiz. Qarshidagi stadion ajoyib, shahardagilar futbolsevar, ammo bu yer baribir bizning stadion emas. Muxlislarsiz o‘ynash qiyin. O‘z uyingda devorlar ham yordam beradi, deyishadi",  dedi Jamshid Saidov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:20, 07.05.2024.
O'qildi: 599 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик