Italiyalik sobiq futbolchi Fabrisio Ravanellining fikricha, 2023 yilda Chempionlar ligasi finaliga chiqish Simone Indzagi jamoasiga o‘z qobiliyatlariga bo‘lgan ishonchni oshirishga yordam bergan.
"Inter"ning chempion bo‘lishiga sabab bo‘lgan omillar ko‘p. Murabbiy, futbolchilar, klub rahbariyati. Chempionlar ligasi finalida ishtirok etishni ham alohida ta’kidlagan bo‘lardim. Bu klub futbolchilarida o‘ziga ishonch bag‘ishladi", - deya Ravanelli so‘zlarini keltiradi Pianetamilan.it.