Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Ro‘ziqul Berdiyev: «Faqatgina OKMK – «Nasaf» uchrashuvida bunday hisob qayd etilishi mumkin»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Faqatgina OKMK – «Nasaf» uchrashuvida bunday hisob qayd etilishi mumkin»

Baho:
+ | -

Superliga 6-turidan o‘rin olgan OKMK – «Nasaf» (3:4) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ikkala jamoa ham ochiq futbol ko‘rsatadigan jamoalar sanaladi. Faqatgina ushbu ikki klub o‘rtasidagi o‘yinlardagina bunday katta hisoblarni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Bellashuv nazoratimizda o‘tdi. Faqatgina o‘tkazib yuborilgan birinchi golda va 4:1 hisobidan so‘ng nazoratni qo‘ldan chiqardik. Bu juda alamli va asabiy bo‘ldi. Davronov jarohat olib maydonni tark etganidan so‘ng himoyada pala-partishliklar kuzatildi. Asosiysi, g‘alabani saqlab qoldik.

Umidjon Ergashev Turkiya yig‘inida ko‘richak sohasida jarrohlik stoliga yotdi. Yaqindagina esa mashg‘ulotlarni boshladi. Kubok bellashuvlarida Safoyevga imkoniyat berdik. Ammo ayrim vaziyatlarda bizni gollardan saqlab qola bilmadi. Ergashev safga qo‘shilsa, raqobat yanada kuchayadi.

«Nasaf»ga qarshi juda ham ko‘plab jamoalar himoyaviy o‘ynaydi. Shu sababli, oldingi chiziqqa sifatli futbolchilargi jalb qilishga intildik. Ammo, ularning hammasi ham biz kutgan darajada harakat qilishmayapti".

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 03:03, 08.05.2024.
O'qildi: 1621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик