Payshanba oqshomida Yevropa Ligasi yarim finalining javob uchrashuvida “Bayer” va “Roma” o‘zaro to‘qnash keldi.
Birinchi bo‘lim davomida rimliklar himoyachisiz qolishdi – Leonardo Spinassola jarohati tufayli maydonni tark etdi
Bu o‘yinning 21-daqiqasida sodir bo‘ldi. Ko‘rinishidan, italiyalik sonning orqa qismini jarohatlagan.
Uning o‘rnini Nikola Zalevski egalladi. Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yin Leverkuzen shahrida, "Bayer"ning uy arenasida bo‘lib o‘tdi va yakunda "Bayer" finalga yo‘l oldi (2:2, 4:2).