PSV Eyndxoven Myunxenning “Bavariya” klubidan Malik Tilmanni sotib olishni rasman rasmiylashtirdi. Bu haqda Nidelandiyaning yangi chempioni matbuot xizmati xabar berdi.
21 yoshli amerikalik futbolchi PSV bilan 2027/28 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Niderlandiya top-klubi futbolchi uchun myunxenliklarga 13 million yevro to‘lagan, deb xabar beradi Transfermarkt portali.
Tilman joriy mavsumda PSV safida barcha rasmiy musobaqalarda 9 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshira oldi.













