Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Babangida jiddiy YTHga uchradi, natijada uning ukasi vafot etdi

Babangida jiddiy YTHga uchradi, natijada uning ukasi vafot etdi

Baho:
+ | -

Nigeriya terma jamoasi va "Ayaks"ning sobiq qanot himoyachisi Tidjani Babangida jiddiy baxtsiz hodisaga uchradi, natijada uning ukasi Ibrohim vafot etdi, futbolchining o‘zi va uning rafiqasi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, voqea futbolchining vatanida, Kaduna va Zariya shaharlari o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Ibrohim Babangida 47 yoshida vafot etdi. U ham professional futbolchi bo‘lgan va 1997 yildan 2002 yilgacha Niderlandiyaning "Volendam" jamoasida o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, 50 yoshli Tidjani Babangida 1996 yilgi Olimpiada chempioni hisoblanadi. Nigeriya terma jamoasi uchun u barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol urgan. Babangida "Ayaks" tarkibida 102 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:22, 10.05.2024.
O'qildi: 2630 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик