Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Roysga Messi va Ronaldu jamoalari qiziqish bildirmoqda

Roysga Messi va Ronaldu jamoalari qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Marko Roys mavsum oxirida "Inter Mayami" yoki "An-Nasr"ga o‘tishi mumkin.

34 yoshli yarim himoyachi mavsum oxirida Dortmundni erkin agent sifatida tark etadi. "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi finali Roysning "Borussiya" uchun so‘nggi rasmiy o‘yini bo‘ladi.

Sky Sports xabariga ko‘ra, germaniyalik yarim himoyachi AQSH, Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiyadan bir nechta so‘rovlar olgan. Roysga qiziqish bildirayotgan klublar orasida Lionel Messi to‘p suradigan "Inter Mayami" hamda Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan "An-Nasr" klublari bor.

Avvalroq futbolchi "Sent-Luis Siti" bilan dastlabki muzokaralar olib borgani xabar qilingandi.

"Borussiya" bilan Roys ikki marta Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi.

Umuman olganda, Marko shu paytgacha jamoa safida 424 ta o‘yinda 168 ta gol urgan va 128 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 05:46, 11.05.2024.
O'qildi: 543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.