Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Aleksandr Xomyakov: "G‘alabani saqlab qola olmaganimizdan afsusdaman"

Aleksandr Xomyakov: "G‘alabani saqlab qola olmaganimizdan afsusdaman"

Baho:
+ | -

Superliga 7-turidan o‘rin olgan "Neftchi" – "Andijon" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"G‘alabani saqlab qola olmaganimizdan afsusdaman. Afsuski, kiritilgan goldan so‘ng o‘yin nazoratini saqlab qola olmadik. G‘alaba qozonishni juda ham istagan edik. Bu juda ham qayg‘uli.

Birinchi bo‘limda yaxshi himoyalandik. Raqibga bir marta zarba berish imkonini qoldirdik. Qanotdan oshirilgan uzatmalarni ham bartaraf etdik. Ikkinchi bo‘limda ham shu uslubni saqlab qolishni rejalashtirgan edik. Balki, kiritilgan ikkinchi gol ruhiy jihatdan ta’sir ko‘rsatgandir. Bu haqida o‘ylab ko‘rish kerak. Men agressiv futbol ko‘rsatishni ta’kidlagan edim.

Futbolchilarga e’tirozim yo‘q, ular harakat qilishdi. Hali ko‘p o‘sishimiz lozim. Ular orasidan kimnidir eng yaxshi deb tanlay olmayman.

Abdug‘aniyev hamda Bekmurodovning zaxiraga olinishi? Buni ularning o‘zlari so‘radi. Ular charchagan edilar.

Biz intensiv futbol ko‘rsatamiz. Men jamoadagi muammolarni yaxshi bilaman. Ishontirib aytamanki, jismoniy jihatdan ko‘rsatkichlarimiz yaxshi. Yuqoridagi muammolarni yopsak, katta sakrashga erishamiz. Hozircha esa kichiq qadamlar bilan kifoyalanamiz.

"Neftchi"ning oldiga chempionlik vazifasi qo‘yilgan va shunga mos tarkib jamlangan. Bizning jamoamizdagi futbolchilar esa daraja jihatdan farq qiladi. Bizning jamoa asosan yoshlardan tashkil topgan. Ularning ayrimlari uchun Superligadagi ilk mavsum sanaladi. Ularga biroz tajriba kerak", - dedi Xomyakov.

Kiritildi: 08:21, 13.05.2024.
O'qildi: 864 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик