"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike darvozabon Keylor Navasning jamoani tark etishidan xabari yo‘qligini aytdi.
"Keylor ketyaptimi? – Men uning klubni tark etishini ko‘rsatadigan hech narsani ko‘rmadim", - dedi ispaniyalik mutaxassis RMC Sport nashriga.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Navas joriy mavsum uning uchun "PSJ"dagi so‘nggisi bo‘lishi mumkinligini aytgandi.
U 2019 yilda "Real"dan parijliklar safiga qo‘shilgandi. Bu vaqt oralig‘ida Keylor 113 ta bahsda maydonga tushib, 51 ta uchrashuvni "quruq" o‘tkazgan.