Madridning “Real” klubi rahbariyati 32 yoshli himoyachi Daniel Karvaxal bilan shartnomani uzaytirish fikrida, deb xabar bermoqda Ispaniyaning Relevo internet nashri.
Manbaga ko‘ra, Dortmundning "Borussiya"si bilan yaqinlashib kelayotgan Chempionlar ligasi finaliga qaramay, klub ispaniyalik futbolchini shartnomasining tugashini kutmasdan, ajoyib mavsum uchun mukofotlamoqchi.
Shuningdek, rahbariyatda unga bir yildan ortiq muddatga shartnoma berishni taklif qilayotganlar borligi, bu odatda o‘z yoshidagi futbolchilar uchun amalga oshirilmagani ma’lum bo‘ldi.
Himoyachi Daniel Karvaxal "Real Madrid" tizimining mahsuli hisoblanadi. Joriy mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.