Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"PSJ" Xvicha, Osimxen, Leau va Bernarduga qiziqish bildirmoqda

"PSJ" Xvicha, Osimxen, Leau va Bernarduga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"PSJ" Kilian Mbappening o‘rniga sotib olmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati tuzildi.

L'Equipe xabariga ko‘ra, parijliklar Kilianning ketishidan 200 million yevroni tejashadi, bu mablag‘ esa yangi futbolchiga sarflanishi mumkin.

Parijliklar maslahatchisi Luish Kampush qisqa ro‘yxatida "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen va "Milan" vingeri Rafael Leau bor - ikkala futbolchi ham Kampush qo‘l ostida "Lill" bilan shartnoma imzolagan va u yerdan Italiyaga ko‘chib o‘tgan.

Osimxenga kelsak, "Napoli" rahbariyatining murosasizligi kelishuvga to‘sqinlik qilishi mumkin. "Milan"dagi Leauning tovon puli 175 million yevro.

"Pari Sen-Jermen" hujumini kuchaytirishning yana bir nomi "Napoli" vingeri Xvicha Kvarasxeliya.

Kampushga yana bir yaxshi tanish bo‘lgan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvaning nomzodi ham tilga olingan - Luish uni Monakoga taklif qilgandi.

Ta’kidlanishicha, Silvaning shartnomasida tovon puli 58 million yevro bo‘lgan, 29 yoshli portugaliyalikning o‘zi esa "PSJ"ga o‘tishga qarshi emas.

Kiritildi: 01:06, 14.05.2024.
O'qildi: 751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик