"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes 16 yoshli vunderkind Lamin Yamal nimani yaxshilashi kerakligini tushuntirdi.
Yosh vinger “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yinda (2:0) gol urib, 40-daqiqada hisobni ochdi.
“Yamal tanlangan futbolchilardan. U hali taktik jihatdan mukammal emas, lekin bu hozirgi holat uchun yaxshi, chunki u endigina 16 yoshda. U bir yil ichida aql bovar qilmaydigan yutuqlarga erishdi", - deya Xavining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Lamin Yamal joriy La Ligada 34 uchrashuvda 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.