Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya 2-1 Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya 0-0 Fransiya
06/07 06:00 Venesuela 1-1 Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya - Panama
07/07 06:00 Urugvay - Braziliya

Maksim Shaskix: Ukraina chempionatiga qalin muhr

Maksim Shaskix: Ukraina chempionatiga qalin muhr

Baho:
+ | -

UKRAINA MILLIY CHEMPIONATI TO‘PURARLARI.

Yaqinda ukrainalik hamkablarimiz Ukraina elit ligasi tarixini varaqlab, hozirda UPL (Ukraina Prem­er-ligasi) nomini olgan chempionatda eng ko‘p gol urgan futbolchilar reytingini qayta havola qildi. Biz uchun yoqimli tomoni shuki, 1992 yili yo‘lga qo‘yilgan Ukraina milliy ligasi to‘purarlar ro‘yxatini hamon terma jamoamiz sobiq hujumchisi Maksim Shaskix boshqarib turibdi - O‘zbekiston futbolidan qalin muhr. Umuman, UPL tarixida atigi 6 nafar futbolchiga 100ta gol marrasidan oshish nasib etgan, xolos. Hamisha yevrostandartlarga mos iqtidorlarni kashf etishi bilan ajralib turadigan liga to‘purarlari ro‘yxatida O‘zbekiston futboli vakili peshqadam ekanligi yoqimli, albatta.

Raqamlarga to‘xtalsak, Maksim Shaskix hisobida Ukraina yuqori divizionida rasmiylashtirilgan 124ta gol bor. «Paxtakor»ning amaldagi bosh murabbiyi shundan 97tasini qadrdon klubi - Kiyev «Dinamo»si libosida nishonlagan. Maks shuningdek, «Arsenal»da 22ta va «Goverla»da 5ta gol muallifiga aylangan. Ukraina chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatining 2-pog‘onasi mashhur Sergey Rebrovga tegishli. Afsonaviy Andrey Shevchenko safdoshi ham­yurtimizdan atigi 1ta gol darajasida orqada. «Shaxtyor»dagi faoliyatida raqiblar darvozasini 10 marta nishonga olgan Rebrov «Dinamo» libosida 113ta gol to‘plagan.

Aytish kerak, goleadorlarning kuchli 10taligidan joy olgan futbolchilardan atigi 2 nafari professional faoliyatini davom ettirmoqda. Gap Andrey Yarmolenko (105ta gol) va Aleksandr Gladkiy (99ta gol) haqida ketmoqda. Bunga qadar Germaniya, Angliya va BAA chempionatlarida o‘ynab qaytgan 34 yoshli Yarmolenko hozir jonajon jamoasi - «Dinamo»da. 36 yoshli Gladkiy esa UPL chegaralaridan chetda - u quyi liga ishtirokchisi «Avangard»da nafaqaga hozirlanmoqda. Xullas, yetakchilik yaqin orada Shaskix qo‘lidan chiqmaydi.

Ukraina chempionati elit ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

1. Maksim Shaskix  - 124ta gol («Dinamo» K. - 97ta, «Arsenal» - 22ta, «Goverla» - 5ta)

2. Sergey Rebrov  - 123ta gol («Shaxtyor» - 10ta, «Dinamo» K. - 113ta)

3. Yevgeniy Seleznyov - 116ta gol («Shaxtyor» - 24ta, «Arsenal» - 19ta, «Dnepr» - 68ta, «Kolos» - 5ta)

4-5. Andrey Yarmolenko - 105ta gol 

(«Dinamo» K. - 105ta)

  4-5. Andrey Vorobey - 105ta gol 

(«Shaxt­yor» - 80ta, «Dnepr» - 12ta, 

«Arsenal» - 9ta, «Metallist» - 4ta)

6. Junior Morayes - 102ta gol («Dinamo» K. - 22ta, «Metallurg» D. - 35ta, «Shaxtyor» - 45ta)

7. Aleksandr Gladkiy - 99ta gol 

(«Metallist» - 1ta, «Xarkov» - 14ta, «Shaxtyor» - 41ta, «Dnepr» - 2ta, «Karpati» - 23ta, «Chernomores» - 3ta, «Zarya» - 15ta)

8. Aleksandr Gaydash - 95ta gol 

(«Tavriya» - 85ta, «Mariupol» - 10ta)

9-10. Marko Devich - 90ta gol («Volin» - 2ta, «Shaxtyor» - 4ta, «Metallist» - 84ta)

9-10. Sergey Mizin - 90ta gol («Dinamo» K. - 16ta, «Dnepr» - 8ta, «Chernomores» - 2ta, «Karpati» - 25ta, «Krivbass» -  7ta, 

«Metallist» - 8ta, «Arsenal» - 24ta)

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 15.05.2024.
O'qildi: 1191 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.