Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Olimpiya termasiga kanadalik Habibulloh jalb etilishi haqidagi xabarlar rad etildi

Olimpiya termasiga kanadalik Habibulloh jalb etilishi haqidagi xabarlar rad etildi

Baho:
+ | -

Ijtimoiy tarmoqlarda, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan, hozirda Kanada fuqaroligiga ega, MLS o‘rinbosarlar ligasida to‘p tepayotgan Kamron Habibulloh Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada O‘zbekiston terma jamaosi tarkibiga jalb qilinishi haqida xabar tarqaldi.

X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi Scout in Eurasia sahifasida tarqalgan xabar yuzasidan “Daryo” sahifa yurituvchisi Galimjan Askaruli bilan bog‘landi.

Ushbu xabar yuzasidan bayonot so‘ralganida, sahifa yurituvchisi avvaliga bu xabarni O‘zbekiston futbol assosiasiyasidagi tanishlari orqali bilib olganini, futbolchining otasi ham bunga qarshi emasligi haqida aytgan.

Uning fikricha, futbolchiga O‘zbekiston fuqaroligini berish va tarkibga jalb qilishda hech qanday muammo ro‘y bermaydi.

“Daryo”ning O‘zbekiston futbol assosiasiyasidagi manbasi bu xabarni rad etib, hech qaysi davlatdan futbolchilarni mahalliylashtirish rejasi ko‘rib chiqilmayotganini aytib o‘tgan.

Sahifa egasiga bu haqda ma’lumot berilganda, futbolchini mahalliylashtirish uning taklifi ekanini iddao qilgan.

Kamron Habibulloh 2003 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Futbolchi hozirda Kanada U-20 terma jamoa a’zosi hisoblanadi. Habibulloh Sporting Kanzas Siti II klubi safida MLS Next Pro chempionati doirasida joriy mavsumda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.

Kamron Kanada U-17 va U-20 terma jamoalari safida KONKAKAF va U-17 Jahon kubogi musobaqalarida qatnashgan.

Chap qanot yarim himoyachisi hisoblangan futbolchi Transfermarkt nashri tomonidan 200 ming yevroga baholangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:51, 16.05.2024.
O'qildi: 2434 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик