Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Eng yaxshi bo‘lish uchun shunchaki yaxshiroq o‘ynash yetarli bo‘lmaydi

Eng yaxshi bo‘lish uchun shunchaki yaxshiroq o‘ynash yetarli bo‘lmaydi

Baho:
+ | -

Kechagi o‘yindan keyin ayniqsa, Fil Fodenning «Oltin to‘p»ga munosib ekani haqidagi mulohazalar ko‘paydi.

Filning albatta, munosib ekanini tan olgan holda, amalda bu imkonsiz ekanini aytmoqchiman.

«Oltin to‘p» mantig‘i qanday ishlashiga e’tibor bersangiz, yo gol+pas bo‘yicha o‘ta yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etish kerak yoki ma’lum bir «skill» (qobiliyat) bo‘yicha hech bo‘lmasa jamoasida yaqqol ustun bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi. Bu futbolchining chindan ham elita, takrorlanmas mahorat sohibi ekanini ko‘rsatadi.

Shubhasiz, Fil Foden natijalarga bo‘lgan ta’siri, barqarorligi va harakatchanligi nuqtai nazaridan «Siti»da mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi, ammo qarang, shu jamoa ichida ham Holand undan yaxshiroq gol uradi, Kevin de Bryuyne yaxshiroq pas beradi, Rodri o‘yinni boshqarish bo‘yicha Fodendan ustun, ha, Ortega ham darvozani Fodendan yaxshiroq qo‘riqlaydi. Ishonavering, bu juda muhim.

Inyesta 2010 yilda «Oltin to‘p»ni ololmaganda, hamma norozi bo‘lgan, lekin driblingda Messi, pas berishda Xavi turib, Inyestani tanlash biroz qiyin. Rostanam eng yaxshi bo‘lish uchun shunchaki yaxshiroq o‘ynash yetarli bo‘lmaydi, qaysidir jihatda umuman eng qobiliyatli bo‘lish ham kerak, nazarimda.

Manba: Қаҳрамон Асланов
Kiritildi: 19:53, 16.05.2024.
O'qildi: 1249 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик