Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

O‘zbekiston bu sport turi bo‘yicha ilk bor Jahon kubogiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston bu sport turi bo‘yicha ilk bor Jahon kubogiga mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonda ilk bor o‘tadigan triatlon bo‘yicha Jahon kubogiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

18-19-may kunlari ro‘yi zamin sayqali Samarqand triatlon va para-triatlon bo‘yicha Jahon kubogiga mezbonlik qiladi. Bugun ko‘hna shaharda yurtimizda ilk bor o‘tkaziladigan bunday nufuzli musobaqaga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Xalqaro triatlon ittifoqi mutasaddilari, O‘zbekiston triatlon federasiyasi rahbariyati, musobaqada ishtirok etadigan taniqli atletlar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Adham Ikramov Prezidentimizning sportga qaratayotgan katta e’tibor va g‘amxo‘rligi bilan so‘nggi yillarda barcha yo‘nalishlar qatori triatlon ham ulkan o‘sishga erishayotgani, terma jamoa uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotgani, yurtimizda yirik musobaqalarni o‘tkazish orqali ushbu sport ommaviyligi oshirilayotgani haqida to‘xtaldi. O‘z navbatida, xalqaro mutaxassislar O‘zbekiston triatlon federasiyasi bir necha yil avval tashkil topganiga qaramasdan juda katta o‘sishga erishganini alohida ta’kidlashdi.

Ekspertlar mamlakatimizning so‘nggi yillarda Osiyo kubogi va boshqa turli musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazgani Jahon kubogidek mas’uliyatli start O‘zbekistonga ishonib topshirilganiga asos bo‘lganini bildirishdi.

Shuningdek, trassa qadimiy obidalarga yaqin hududda tashkil etilgani xalqaro mehmonlarning yana-da katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Anjuman davomida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga atroflicha javob olishdi.

Musobaqada jahon elitasidagi 100 nafar kuchli atlet ishtirok etadi. Ular orasida Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatining g‘olib va sovrindorlarini uchratish mumkin. Dasturga ko‘ra, bahslar Olimpiya masofasida o‘tib, sportchilar 1.5 km suzish, 40 km velopoyga va 10 km yugurish bo‘yicha raqobatlashadilar.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:58, 16.05.2024.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик