"Napoli" prezidenti Antonio Konteni murabbiy sifatida ko‘rmasligini aytdi.
Oldinroq italiyalik mutaxassis "Napoli"ni boshqarishga tayyorligi, tomonlar shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar berilgandi.
“Sizlar [jurnalistlar] Antonio Konte haqida gapiryapsizlar, men uni hech qachon tilga olmadim. Noyabr oyida u kun tartibida edi, tamom.
“Napoli”ni yuqori saviyaga olib chiqa oladigan faqat bitta odam bordek tuyuladi, ammo u unday variant emas”, - deydi Aurelio De Laurentis.