"Milan" darvozaboni Mayk Menyan yozda jamoani tark etishi mumkin. Unga "Bavariya" va Yevropaning boshqa bir qator top-klublari qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, "rossonerilar" rahbariyati Fransiya terma jamoasi darvozaboniga o‘rinbosar izlashmoqda. A Bola xabariga ko‘ra, "Portu"ning 25 yoshli kiperi Diogu Koshta asosiy transfer maqsad bo‘lib turibdi.
Avvalroq, "Portu" bosh murabbiyi Serjiu Konseysau "Milan"da Stefano Pioli o‘rnini egallashi haqida xabarlar chiqqandi.