"Real" safiga yozda kelib qo‘shilishi kutilayotgan Endrik kecha Libertadores kubogi doirasidagi "Independyente"ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi.
The Athletic xabariga ko‘ra, 17 yoshli futbolchining jarohati jiddiy emas. U ikki haftani o‘tkazib yuboradi va Kopa Amerikaga tayyor bo‘ladi.
Braziliyalik iqtidorli forvard turnirdan so‘ng "Real" safiga kelib qo‘shiladi.