Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Borussiya D" ikki nafar futbolchisi bilan xayrlashdi

"Borussiya D" ikki nafar futbolchisi bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Marius Volf va Mateu Morey yangi mavsumda Dortmundning "Borussiya"sida o‘ynamaydi - "asalarilar" ular bilan muddati tugaydigan shartnomalarini yangilamaydi. Bu haqda Sky Germany nashriga klub sport direktori Sebastyan Kel ma’lum qildi. Klub futbolchilarga endi ular rejalarga kiritilmasligini ma’lum qilgan.

Volf 2018 yilning yozidan buyon "Borussiya"da to‘p suradi va klubdagi faoliyati davomida ikki marta ijaraga berilgan. Joriy mavsumda Marius barcha rasmiy turnirlarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Morey o‘ng qanot himoyachisi bo‘lib, u klubga 2019 yilda "Barselona" akademiyasidan kelib qo‘shilgan. U bu mavsumda jamoasi safida Bundesligada bor yo‘g‘i uchta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 05:02, 18.05.2024.
O'qildi: 1788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик