"Milan" so‘nggi 8 uchrashuvning 4 tasida mag‘lub bo‘lgan.
Stefano Pioli shogirdlari Italiya chempionatining 37-turida “Torino”ga imkoniyatni boy berishdi (1:3).
11 apreldan buyon “rossonerilar” faqat bitta g‘alabaga erishdi – 11 may kuni “Kalyari” ustidan (5:1). Shuningdek, to‘rt marta mag‘lub bo‘lishdi va uch marta durang o‘ynashdi.
So‘nggi turda "Milan" 26 may kuni "Salernitana"ni qabul qiladi.