Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Mirjalol Qosimov: "Futbol – bu shaxmat emas"

Mirjalol Qosimov: "Futbol – bu shaxmat emas"

Baho:
+ | -

Superliga 8-turidan o‘rin olgan OKMK – "So‘g‘diyona" (5:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ikkala jamoa ham noqulay ob-havoga qaramay, chiroyli o‘yin ko‘rsatdi. Kuchli yomg‘ir yog‘ishiga qaramay, stadionda bizni stadionda qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bugun ular zerikib qolishmadi. Kuni kecha Olmaliqda konchi va metallurglar kuni keng nishonlandi. Futbolchilar ushbu bayramga muxlislar uchun g‘alaba sovg‘a qilishdi.

"Lokomotiv" 3 ta markaziy himoyachi bilan harakat qildi. O‘tgan bellashuv kurashlarga va uzun paslarga boy o‘tdi. "So‘g‘diyona" esa kichik va o‘rta masofadagi uzatmalar bilan o‘ynaydi. Jizzaxliklar tarkibida Doriyev, Yovovich, Petkovich singari ijrochilari bor. Shu sababli ham bugun ochiq futbol guvohi bo‘ldik.

2:0 hisobida oldinda borayotganimizda juda ham oddiy to‘plar o‘tkazib yubordik. Raqib katta e’tiborni standart vaziyatlarga qaratgani sezilib turgan edi. Birinchisini qarshi hujumda, ikkinchisini burchak zarbasidan, uchinchisini esa penaltidan o‘tkazib yubordik. Futbolda bunday holatlar ham uchrab turadi. Asosiysi, bayramona kayfiyatga o‘z hissamizni qo‘sha oldik.

Bunday ob-havoda kamchiliklarni kamaytirish talab etiladi. Albatta, hamma ham xato qiladi. Shuning uchun doim takrorlab kelman, futbol – bu shaxmat emas. To‘pni qabul qilishdan oldin uni kimga uzatishni bilish lozim. Ya’ni, juda ham tez fikrlash kerak", - dedi Qosimov.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 05:10, 20.05.2024.
O'qildi: 725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик