Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi "Marsel" futbolchilari Jan Onana va Faris Mambanya dahshatli voqeani boshdan kechirdilar.
Europe 1 xabariga ko‘ra, ertalab soat to‘rtlarda futbolchilarga jinoyatchilar hujum qilgan. Ular “Marsel” futbolchilaridan mashina o‘g‘irlamoqchi bo‘lishdi, biroq bunga erisha olishmadi.
Shu bilan birga, qaroqchilar o‘qotar qurol ishlatgan – mashinada o‘q teshiklari qolgan. Yaxshiyamki, Onana va Mambanya jarohat olmagan.
Jinoyatchilar qochishga muvaffaq bo‘lishdi, endi huquq-tartibot idoralari ishni o‘z zimmasiga oladi.