Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Vadim Abramov: "Cheranning o‘zi emas, balki uning paslari xavfliroq"

Vadim Abramov: "Cheranning o‘zi emas, balki uning paslari xavfliroq"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 8-turi doirasida "Paxtakor" klubi bilan durang o‘ynagan "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov durang haqida o‘z fikrini bildirdi.

"So‘nggi o‘yinlarda negadir omad kelmayapti, ketma-ket durang o‘ynayapmiz. Bugun yana durang o‘ynab ochko yo‘qotdik. Aslida, g‘alabaga loyiqroq edik. Bugun jamoa ikki ochko yo‘qotdi.

Ulug‘bek Abdullayeyvda shamollash alomatlari borligi uchun mashg‘ulotlarga kecha qo‘shilgandi. Shuning uchun bugun o‘yinning dastlabki daqiqalarida ancha qiynaldi. Raqib futbolchilari uni bir necha marotaba aldab o‘tganini ko‘rdik. O‘zini erkin his eta olmadi. Temirovga kelsa, u o‘yinga kirishib keta olmagani uchun almashtirishga qaror qildik. Bu paytda hisobda orqada qolayotgandik va yana gol o‘tkazib yuborish havfi bo‘lgani uchun shunday qildik.

Aytganimdek, durang bizni qoniqtirmadi. Futbolchilar ham ushbu durangdan hafalar. Boisi, bugun g‘alabaga mos o‘yin ko‘rsatgandik. Navbatdagi bahslarda omad kelar.

Albatta, stadionga kelgan muxlislar qarshisida jamoa boshqacha zavq bilan o‘ynaydi. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi katta ahamiyatga ega. Agar o‘z stadionimizda o‘ynasak, boshqacharoq o‘ynashimiz mumkin edi. Bugun ham jamoani doimgidek qo‘llab turishdi.

Cheranni qo‘riqlashda biroz aqlliroq bo‘lish kerak. Bo‘ydor bo‘lgani uchun himoyachilarga ancha xavf tug‘diradi. Ammo, uning o‘zini qo‘riqlamay, balki undan keladigan to‘plarni qo‘riqlasa xafv kamroq bo‘ladi. Chunki, u boshi bilan to‘pni sherigiga qulay tashlab beradi. Biz esa shuni oldini olib, u uzatadigan paslarni bloklashimiz kerak", - dedi Abramov.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 05:15, 21.05.2024.
O'qildi: 668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик