Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Maksim Shaskix: "Kim qanday pog‘onalarda bo‘lishini dekabrda ko‘ramiz"

Maksim Shaskix: "Kim qanday pog‘onalarda bo‘lishini dekabrda ko‘ramiz"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 8-turi doirasida "Dinamo"ga qarshi durang o‘ynagan "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Maksim Shaskix durang haqida fikr bildirdi.

"Birinchi taym bizning ssenariyimiz ostida o‘tdi. Masalani birinchi taymdayoq hal etishga yaqin edik. Ammo, vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda atayin to‘pni raqibga topshirdik. Qarshi hujumlarda o‘ynashni rejalashtirgandik. Ammo, yakunda yana durang o‘ynab ochko yo‘qotdik. Tahlil uchun sabablar yetarlicha.

Alijonovning holati ancha yaxshilashdi. Yaqin orada safga qaytishini kutyapmiz. Saitov va Merk hamon jarohatlarini davolatishmoqda. Tarkibda hali muammolarimiz yetarlicha. Chempionat hali davom etmoqda. Kim qanday pog‘onalarda bo‘lishini dekabrda ko‘ramiz. Imkoniyat barchada bir xil deya olaman. Bizda ham hali imkoniyat bor.

Xoldorxonovni aniq hujumchi demagan bo‘lardim. Uni ko‘proq yarim himoyachi deyish to‘g‘ri. Bu mening fikrim, albatta. Cheran birinchi taym hujumda o‘ynadi. Maydondagi joylashuv taktikaga bog‘liq.

Kojo hujumchi, hujumchining vazifasi esa gol urish. U bugun gol urdi, demak ishini yaxshi bajargan", - dedi Shaskix.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 05:17, 21.05.2024.
O'qildi: 831 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.