Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Bobur arena" sektorlari o‘yin davomida kuzatuv kameralari orqali nazorat qilinadi

"Bobur arena" sektorlari o‘yin davomida kuzatuv kameralari orqali nazorat qilinadi

Baho:
+ | -

Superliga 8-turidan o‘rin olgan "Andijon" — "Metallurg" uchrashuviga qo‘shib berilgan daqiqalarda ayrim futbol muxlislari tomonidan stadionga turli buyumlar uloqtirildi. Bu kabi holat "Bobur arena"da ilk bor kuzatilayotgani yo‘q.

Oqibatda Liga mazkur masalani Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirdi hamda qo‘mita yig‘ilishida bevosita o‘z mutaxassislari bilan ishtirok etdi. Sir emaski, "Andijon" o‘tgan mavsumning so‘nggi uy uchrashuvini muxlislarsiz tribunada o‘tkazishga majbur bo‘lgandi. Shuningdek, bu yil 6-turdan o‘rin olgan "So‘g‘diyona"ga qarshi bellashuvda Liga texnik zonaga tutash sektorlarga futbol muxlislarining kirishiga ruxsat bermadi.

Afsuski, bu kabi holatlarning oqibatlariga qarshi kurashish natijasida bellashuvlarni xush kayfiyat va katta qiziqish bilan kuzatib borayotgan futbol muxlislari ham jabr chekmoqda. Ammo unutmaslik kerakki, Liga uchun uchrashuvlarni o‘tkazishda birinchi navbatda jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligi muhim hisoblanadi. Futbol muxlislarining soni ko‘p bo‘lishidan esa birinchi navbatda mezbon futbol klubi manfaatdordir.

Qo‘mita a’zolari hamda Liga mutaxassislari mazkur masala yuzasidan fikr almashdi. Yakunda "Metallurg" bilan o‘yindagi tartibsizlik uchun "Andijon" futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, "Bobur arena"da o‘tadigan Liga bayrog‘i ostidagi musobaqalarda "Andijon" futbol klubi muxlislar joy oladigan tribunalarni monitoring qilib borishda katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak bo‘ladi. Qo‘mita va Liga talabi bilan klub stadion texnik zonasi hamda unga qarama-qarshi sektorlarning har birini o‘yin davomida suratga tushirib borish uchun videokameralardan foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yishi va uchrashuv yakunida kerakli kadrlarni taqdim etib borishi lozim.

Bu bilan muxlislik madaniyatiga rioya qilmayotgan, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarini buzayotgan va oqibatda jamoat tartibiga putur etkazayotgan kimsalar shaxsiga oydinlik kiritish ko‘zda tutilgan. Yuqoridagi kabi holatlar videotasvirga tushirilgach, huquqni muhofaza qiluvchi organlar yordamida qoidabuzarlar shaxsiga aniqlik kiritilib, ularni jiddiy javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi. Bu kabi holatlar ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishi ehtimoli bor ekanligi inobatga olinib, Liga hamda klub huquqni muhofaza qiluvchi organlardan qoidabuzarga nisbatan qat’iy chora ko‘rish, ularning stadionlarga kirishini taqiqlash kabi jazo choralarini so‘raydi.

O‘z navbatida Liga andijonlik barcha faol futbol muxlislariga murojaat qiladi. Biz Bobur arena stadionidagi go‘zal muhit, uning muxlislar bilan to‘lib toshishidan manfaatdormiz va buning uchun klub hamda muxlislar etakchilari bilan hamkorlikda ishlashga tayyormiz. O‘z navbatida ulardan mana shunday muhit davom etishi yo‘lida birlashish, qoidabuzarlarni aniqlashga ko‘maklashish masalasida hamkorlik qilishni so‘raymiz. Bu kabi kimsalar shaxsiga oydinlik kiritilib, ularga nisbatan tegishli jazo choralarining ko‘rilishi "Bobur arena" stadioniga muxlislar tashrifi bilan bog‘liq muammo bo‘lmasligida asosiy omil hisoblanishini bildiramiz.

Kiritildi: 13:43, 22.05.2024.
O'qildi: 1274 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.