Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Davron Fayziyev Madrimov - Krouford jangi favoriti haqida gapirdi

Davron Fayziyev Madrimov - Krouford jangi favoriti haqida gapirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 3 avgust kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

Oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz superyarim o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov P4P reytingi yetakchilaridan amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tariladi. Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev bo‘lajak jang haqida shunday fikr bildirdi. 

"Isroil Madrimov juda yaxshi havaskor boks maktabini bosb o‘tdi. Prof boksga kirib kelganiga hali ko‘p bo‘lmadi, lekin yetarlicha qiyinchiliklarni ko‘rishga ulgurdi. Jarohatlar, kuchli raqiblarga qarshi janglar. Bu holatlarda u o‘zining ruhiyatini ko‘rsata oldi. Shaxsan men Madrimovga ishonyapman. Krouforddek nomdor bokschiga qarshi jang o‘tkazishga hali erta emasmidi? Menimcha, hozir ayni payti. Jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi. O‘zining yaxshi sport formasiga kirib oldi. Terensdan yosh, bu ham muhim jihatlardan biri. O‘ziga yarasha plyuslarimiz ko‘p. Tezlik va jismoniy tomonlama ustunlik Krouford tomonda. Terensning birgina ustunligi uning yillar davomida to‘plagan boy tajribasida bo‘lishi mumkin. U katta janglarni ko‘rgan, balki shu tomondan jangda biroz ustunlikka ega bo‘lar. Ammo umumiy qilib olganda baribir Isroil Madrimovda plyuslar ko‘proq ko‘rinyapti. Magomed Kurbanovga qarshi kechgan chempionlik jangi Isroilni ulg‘ayganini ko‘rsatdi. Bu jang hamyurtimizga jahon boksida superyulduz bo‘lib olish uchun xizmat qiladi. Buni uning o‘zi ham tushunib turibdi", - dedi Fayziyev.

Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 16:48, 22.05.2024.
O'qildi: 3319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик