Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt o‘zining "Manchester Yunayted"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
"Bu yerda bo‘lganimda hech qaysi klub bilan gaplashmaganman. O‘ylaymanki, bu men egallab turgan lavozimga hurmatsizlik bo‘lardi.
Agar siz mamlakatingiz terma jamoasini boshqarish imkoniyati uchun uzoq vaqt ishlasangiz va bunga erishsangiz, siz 100% nimadir yutish imkoniyatlariga e’tibor qaratasiz.
Bu men haqimda", - deya Sautgeytning so‘zlarini keltirmoqda Goal.