Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Superliga. "Paxtakor" - "Qizilqum" bahsi pervyusi

Superliga. "Paxtakor" - "Qizilqum" bahsi pervyusi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" Superliganing 9-turida "Qizilqum"ni qabul qiladi.

Chempionat doirasida jamoalar 48 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlarda ustunlik jamoamiz tarafida. 41 bahsda yutgan "Paxtakor" 6 bor durang o‘ynagan va bir marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 136 gol urilib, 29 to‘p o‘tkazilgan

Toshkentdagi o‘yinlarning 21tasida toshkentliklar g‘alaba qozonib, 2 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. Navoiy jamoasi oxirgi bor safarda 2010 yil ochko olgan - 0:0. O‘z maydonida "Paxtakor" 8 bor ushbu raqibni yirik natija bilan taslim qilgan. O‘tgan yili Toshkentda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchishga erishgan. 2007 yil Navoiyda o‘tgan bellashuvda "Sherlar" mezbonlar ustidan 11:0 hisobida zafar quchishgan. O‘shanda "Paxtakor" hozirgacha chempionatdagi eng yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Bahsni raqibdan Akaki Shulaya diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yuboradi.

"Paxtakor" va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 25 may, shanba kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 17:56, 24.05.2024.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик