Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Timur Kapadze: "Ayrim futbolchilar yozda "Olimpik"ni tark etishi mumkin"

Timur Kapadze: "Ayrim futbolchilar yozda "Olimpik"ni tark etishi mumkin"

Baho:
+ | -

Superliga 9-turidan o‘rin olgan "Olimpik" – "Andijon" bahsidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Andijon" hozir ajoyib formada, yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Ayniqsa, bu yil jamoa ancha kuchaydi. Ijobiy natijalarga erishyapti. Shuning uchun qiyin uchrashuv bo‘lishini kutdik. Raqibni o‘rganib chiqdik. Ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin namoyish etdi. Durang adolatli bo‘ldi. Biz ularga deyarli imkoniyat bermaslika harakat qildik, ular ham bizga to‘sqinlik qilishdi. Balki ikkala jamoada bir-ikkita imkoniyat bo‘lgandir. Umuman olganda, durang adolatli.

Kim ketadi, kim qoladi, buni vaqt ko‘rsatadi. Bunga qaramayapmiz. Oldimizda olimpiada turibdi, jamoani shunga tayyorlaymiz. Tarkibdagi o‘zgarishlar jarohat bilan bog‘liq. Ikkala darvozabonimiz – Hamid va Shukron ham jarohatda. O‘tgan safar va bugun ham Edem maydonga tushdi. Yomon emas, yaxshi. Imkoniyat beryapmiz va bundan foydalanyapti. Toirovga kelsak, o‘tgan safar markaziy himoyachimiz jarohat oldi. Bizda jarohatdagi futbolchilarimiz ko‘p. Toirov esa avval jarohatda edi, endi safga qaytdi. Mamasidiqov ham tarkibga qaytyapti, keyingi uchrashuvdan maydonga tushadi. Rotasiya avval jarohat bilan bog‘liq, ikkinchidan hammasiga imkoniyat beryapmiz. Har xil jarohat bor. Futbolda baribir kurashlar bo‘ladi. Jiddiy jarohatlar emas. Faqat vaqt kerak. Qolgani yaxshi formada. Qo‘rqmasdan rotasiya qilyapmiz.

Bizda doim seleksiya davom etadi. Yozda ayrim futbolchilarni ketish ehtimoli bor. Mavsum boshida kelishuv bor edi, ketayotgan joyida orqaga qaytishgan. Ularni o‘rniga boshqalarni taklif qilib, ishlashda davom etamiz.

Ularni hammasida imkoniyat bor, barchasini kuzatyapman. Nafaqat Esanov, balki Bektemir Abdumannonov ham yaxshi o‘ynayapti. Himoyachi Islom Mamatkazin ham ro‘yxatda bor, ularni kuzatyapmiz. Rostdan ham ular Andijonning g‘alabalariga katta hissa qo‘shishyapti. Bilasizlar, terma jamoada raqobat bor. Solishtiramiz, kim kuchliligini. Islom Mamatkazinni oldin chaqirganman, ko‘rganman. Ammo oldingi Islom bilan hozirgisini farqi bor, ayni paytda ancha kuchaygan. Ko‘z tegmasin, shunday davom esin. Nafaqat olimpiya, balki kelajakda milliy terma jamoamiz uchun ham yaxshi nomzod. Bektemir va Sherzodni ham yaxshi taniyman. Jamoamda to‘p surishgan, imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Imkoniyat bo‘lsa, chaqiramiz, ko‘ramiz. Lekin Olimpiada uchun tarkib qisqaryapti, 18 nafar futbolchi jalb qilish kerak. Kamaytirgan holat, bosh qotyapti. Ular bilan gaplashib turamiz. Kecha mashg‘ulot oldidan ham ko‘rishdim. Deyarli ukalarim, desam ham bo‘ladi. Balki mendan nimadirlar o‘rganishgandir. Bu yigitlarga faqat omad tilayman. Kelajagi bor, ularni. Mehnat qilishda davom etishsin. Olimpiadada hech kim oldindan aniq o‘ynayman deb ayta olmaydi. Kimga nasib qilsa, eng kuchlilarini olib ketamiz. Bu futbolchilar uchun barchasi oldinda", - dedi Kapadze.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 04:14, 25.05.2024.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.