Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Ten Xag: "Ikki mavsumda uchta final - ajoyib natija"

Ten Xag: "Ikki mavsumda uchta final - ajoyib natija"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag klubdagi ikki mavsumidagi muvaffaqiyatlariga baho berdi.

"Qizil iblislar" 2023/24 yilgi Premyer-ligada sakkizinchi o‘rinni egalladi, ammo shanba kuni Angliya kubogi finalida "Manchester Siti"ni mag‘lub etishsa, yana kubokni qo‘lga kiritishi mumkin. O‘tgan mavsumda "Manchester Yunayted" Angliya kubogi finalida "shaharliklar"ga mag‘lub bo‘lganini, ammo "Nyukasl"ni mag‘lub etib, Liga kubogini qo‘lga kiritganini eslashimiz mumkin.

“Ha, menimcha, shanba kungi g‘alaba ko‘p narsani o‘zgartiradi – biz yana bir sovrin yutib, yevrokuboklarga chiqishimiz mumkin. Ikki mavsumda uchta final o‘ynash - bu ajoyib natija, chunki men kelganimda klub yaxshi holatda emas edi. Joriy mavsum jarohatlar tufayli dahshatli o‘tgan bo‘lsada, sezilarli darajada o‘sishga erishdik. Yozda biz vaziyatni o‘zgartirish uchun chora ko‘rishimiz kerak", - deya ten Xagning so‘zlarini keltiradi United Stand.

Kiritildi: 05:07, 25.05.2024.
O'qildi: 1158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик