Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Omari Glazgo: «Gayana dunyo xaritasida bo‘lishi uchun qo‘limdan kelganini qilaman»

Omari Glazgo: «Gayana dunyo xaritasida bo‘lishi uchun qo‘limdan kelganini qilaman»

Baho:
+ | -

KONKAKAF mintaqasida jahon chempionati saralashi hech qachon yaqinlashib kelayotganidan ko‘ra ochiq bo‘lmagan.

AQSH, Meksika va Kanada mezbon davlatlar sifatida harakat qilar ekan, mintaqaning boshqa davlatlarida uchta qo‘shimcha avtomatik yo‘llanma va yana qit’alararo «pley-off» orqali ikkita yo‘llanma olish imkoniga ega. Ana shunday da’vogarlardan biri Omari Glazgodek iqtidorli yosh hujumchisi bor Gayanadir. 20 yoshli futbolchi 16 yoshida terma jamoasida debyut qildi va o‘shandayoq haqiqiy kashfiyotga aylangandi. 2023/2024 yilgi KONKAKAF Millatlar Ligasini 7 gol bilan yakunladi va eng yaxshi to‘purar hamda eng yaxshi yosh futbolchi unvonlarini qo‘lga kiritdi. Gayananing atigi 22 o‘yinida 16ta, shu jumladan yaqinda FIFA Series musobaqasida Kambodja darvozasiga ikkita gol urgan «Chikago Fayr II» futbolchisi FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida «Oltin yaguarlar»ni misli ko‘rilmagan cho‘qqilarga olib chiqishni maqsad qilganini aytmoqda.

- Millatlar Ligasida «eng yaxshi to‘purar» va «eng yaxshi yosh futbolchi» mukofotlarini qo‘lga kiritish siz uchun nimani anglatadi?

- Bu juda ko‘p narsani anglatadi. Rostini aytsam, turnirda mukofotlar berilayotganini bilmasdim, shuning uchun bu haqda eshitganimda hayron bo‘ldim. Men oilamga qo‘ng‘iroq qildim va birgalikda bayram qilishni boshladik. Bu haqda bilganimda terma jamoa bilan Saudiya Arabistonida edim. Yigitlar tabriklashdi va jamoadoshlarim bilan nishonlash juda yoqimli edi, chunki bu mukofotlarni olishimda ularning hissasi haminqadar.

- Saudiyada o‘tkazilgan FIFA Series turkumiga kiruvchi turnirda Kabo-Verde va Kambodjaga qarshi o‘ynab, nimalarni o‘rgandingiz?

- Bu o‘yinlardan ko‘p narsalar oldim, chunki bu mintaqamizdan tashqaridagi mamlakatlar bilan ilk o‘yinlarimiz edi. Futbolning turli sifat va intensivligini, ayniqsa Kabo—Verdega qarshi o‘yinda ko‘rish yaxshi tajriba bo‘ldi. Yaxshi jamoa ekan, ular o‘tgan yili AFCON turnirida 5-o‘rinni egallagan. Demak, yuqori darajadagi jamoalarga qarshi o‘ynash yaxshi tajriba bo‘ldi.

- Gayana termasida juda ko‘p gol uryapsiz. Buning sababi nima deb o‘ylaysiz?

- Men o‘z mamlakatimni yaxshi ko‘raman. Gayana dunyo xaritasida bo‘lishi uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman. Madhiyani tinglash, mamlakat vakili ekanligingizni va butun yurtingiz sizning orqangizda ekanligini anglash boshqacha hissiyot. Bundan yaxshiroq narsa yo‘q.

- Jahon chempionati saralashidagi raqiblaringiz Panama, Nikaragua, Monserrat va Beliz termalarini qanday baholaysiz?

- Bizda yaxshi raqiblar bor. Ularni oddiy qabul qilolmaymiz. Shunchaki maydonga chiqib, kurashishimiz kerak. Monserrat bilan oxirgi Millatlar Ligasida o‘ynadik, lekin Beliz yoki Nikaragua bilan hali yo‘limiz tutashmagan. Panama bilan esa o‘ynaganimizga ancha bo‘ldi. Endi maydonga tushib, o‘tgan yilgi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz va natijaga erishishimiz kerak.

- Birinchi o‘yinni guruh favoriti Panamaga qarshi o‘tkazasizlar...

- Fikrimcha, ularni mag‘lub etib, o‘zimiz haqida boshqacha o‘ylashlariga majbur eta olamiz. Agar shunday qilsak, bu guruhda yaxshi o‘ynashda davom etishimizga bo‘lgan ishonchimizni oshiradi. Menimcha, yaxshi o‘yin bo‘ladi. Biz kurashamiz va natijaga erishishga harakat qilamiz. Hech qanday katta bosimni his qilmayapmiz, yo‘qotadigan hech narsamiz yo‘q, shuning uchun shunchaki maydonga tushib, chiroyli o‘yin ko‘rsatishimiz kerak.

- Futbolda sizni kim ilhomlantiradi?

- Gayanalik futbolchilardan Gregori Richardson yoqadi. U meni ilhomlantirdi, chunki u AQSHga o‘ynash uchun kelgan gayanalik ilk futbolchilardan biri edi. Menda Gregori raqami bor va biz vaqti-vaqti bilan muloqotda bo‘lib turamiz - ta’tilga uyga borganimda uni ko‘raman foydali maslahatlarini olaman.

- «Chikago Fayr II» safiga qo‘shilganingizdan beri o‘yiningiz qanchalik rivojlandi?

- Bu yerda qo‘lga kiritgan eng katta yutug‘im - bu futbol maydonida yetukroq bo‘lganim va shunchaki sabrli hamda sovuqqonga aylanganim. Sifat nuqtai nazaridan, men bu yerda o‘tkazgan yillar davomida ancha yaxshilandim deb o‘ylayman. Ko‘p jihatdan, masalan, samaradorlik va himoya nuqtai nazaridan ancha yaxshilandim.

- «Chikago Fayr»ning asosiy jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazganingizda, mundial ko‘rgan Jerdan Shakiri va Kellin Akosta kabi yigitlar bilan birga bo‘lishingiz mumkin. Bu nimani anglatadi?

- Birinchi marta asosiy jamoa bilan mashq qilganimda, chap qanotda o‘ynardim va «Shak» (Shakiri) meni ko‘rib, Mane (Sadio) kabi o‘ynayotganimni aytdi. Biz kiyim almashtirish xonasiga qaytayotgan edik va u menga ko‘proq xotirjamlik kerakligini, shunda o‘yinim yanada o‘zgarishini, yaxshilanishini aytdi. Mavsum oldidan Kellin bilan ham uchrashdim va o‘shandan beri biz yaqin do‘stlarga aylandik. Ular men bilan juda ko‘p suhbatlashishadi, maslahatlar berishadi va rivojlanishimga katta yordam berishmoqda.

- O‘zingizni Gayana futboli yangi avlodining yetakchisi kabi his qilyapsizmi?

- Ha, har holda shunga umid qilaman. Ko‘plab yosh yigitlar menga pastdan yuqoriga qarashadi. Buni ulardan doimo xabarlarlar olayotganimdan bildim. Ha, ular menga pastdan yuqoriga qarashadi va men kabi bo‘lish bo‘yicha maslahatlarni xohlashadi. Shunday ekan, men ularga har qanday yo‘l bilan yordam berishga va mamlakatimda bolalar uchun eng yaxshi namuna bo‘lishga harakat qilaman.

- JCH-2026 saralashi Gaya­na uchun nimani anglatadi?

- Bilasizmi, so‘nggi oylarda Gayana prezidenti bilan bir necha marta uchrashdik va u saralashdagi yaxshi ishtirokimizdan qanchalik baxtli bo‘lishini, bu esa mamlakat uchun nimani anglatishini aytib berdi. U bizni to‘liq, har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Demak, bu juda katta voqelik bo‘lardi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:52, 26.05.2024.
O'qildi: 1197 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.