"Sevilya"ga qarshi Ispaniya chempionati final uchrashuvidan (2:1) keyin "Barselona" bosh murabbiyi Xavi kataloniyaliklarning navbatdagi ustoziga maslahat berdi.
“U qiyin vaziyatda ekanini bilsin. "Barselona"da vaziyat bundan ham qiyinroq. U qattiq ishlashga majbur bo‘ladi, chunki bu oson emas", - deya Xavining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
24 may kuni "Barselona" 44 yoshli Xavi o‘z lavozimini tark etishini e’lon qildi. Uning o‘rnini germaniyalik mutaxassis Xans Flik egallashi kutilmoqda.