"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti vinger Vinisius Junior bilan ishlash haqida gapirdi. Italiyalik mutaxassisning fikricha, braziliyalik futbolchi qo‘l ostida o‘ynagan 3 mavsumda katta muvaffaqiyatlarga erishgan.
“Biz Vinisius bilan yaxshi ish qildik. U har jihatdan ancha yaxshilandi. Endi Vinisius shaxsiy yutuqlardan ko‘ra ko‘proq Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga e’tibor qaratmoqda", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Vinisius “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun favoritlardan biri sanaladi. Braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionatining so‘nggi mavsumida 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.