Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Liverpul»ning ajabtovur tanlovi

«Liverpul»ning ajabtovur tanlovi

Baho:
+ | -

Bir qator taniqli va hali ko‘pchilikka tanish bo‘lmagan yosh murabbiylar nomi tilga olindi. Biroq «qizillar» kutilmagan variantni tanlashdi. Avvaliga hamma Xabi Alonso Kloppning vorisi bo‘ladi, deb o‘ylagandi. Lekin u «Bayer»da qolishni afzal ko‘rdi. Keyin Ruben Amorim varianti paydo bo‘ldi. Yakunda «Liverpul» «Feyenoord» ustozi Arne Slotni tanladi.

Slotning futbolchilik faoliyati yorqin emas, sobiq jamoadoshlarining fikricha, o‘yinchilik davrida u murabbiylik kasbini o‘rgangan. Arne futbolchilik faoliyatini «Zvolle» klubida boshlab, 2002 yilda jamoaning ikkinchi divizionda g‘olib chiqishiga yordam bergandi. Keyin u «Breda» tarkibida 5 yil to‘p surdi, keyin qisqa muddat «Sparta»da o‘ynab, yana «Zvolle»ga qaytdi va ikkinchi chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shundan keyin hujumkor yarim himoyachi boshqa sov­ringa erisha olmadi.

2013 yilda Slot «Kambyur» klubiga vaqtinchalik murabbiy maqomida o‘tgan sobiq futbolchi yangi sohadagi ilk ishtirokini boshladi. Bir yildan keyin u Jon van den Bromning assistenti sifatida «AZ»ga o‘tib, katta imkoniyatga ega bo‘ldi. Ikki yildan keyin Arne bosh murabbiy maqomida debyutini nishonladi. 2019/20 yillar mavsumi pandemiya tufayli to‘xtatilga pallada, uning jamoasi yetakchi «Ayaks»dan faqat to‘plar nisbatiga ko‘ra ortda qolayotgan, oldinda esa 9ta uchrashuv qolgandi. Xullas, Slotning ilk mavsumi muvaffaqiyatli yakunlandi. Keyingi mavsumda ham uning «pishloqchi fermerlari» sovrinli uchlikdan joy oldilar.

Natijada Slot ikki yil Dik Advokat rahbarligida zerikarli o‘yin ko‘rsatgan «Feyenoord»ga jamoani qayta shakllantiradigan mutaxassis sifatida taklif etildi. Jamoaning eng yaxshi to‘purari Stiven Bergeys «Ayaks»ga o‘tib ketganiga qaramay, yangi bosh murabbiy «Feyenoord»ni sovrindor uchlikka olib chiqdi: uning rahbarligida jamoa avvalgi mavsumga nisbatan 10ta gol ko‘proq urdi, o‘z darvozasidan esa, Advokat davriga nisbatan 2ta kamroq to‘p o‘tkazib yubordi. Shuningdek, rotterdamliklar KLda finalga qadar ko‘tarilib, Mourinyoning «Roma»siga imkoniyatni boy berdi.

2021/22 yillar mavsumida Arne Niderlandiyaning eng yaxshi murabbiyi unvoniga sazovor bo‘ldi. Yozgi transfer darchasida jamoaning bir qator yetakchi o‘yinchilari jamoani tark etishgach, «Feyenoord»da pasayish kuzatiladigandek tuyulgandi. Biroq murabbiy klubga sezilarli foyda keltirish bilan birgalikda, tarkibni kuchaytirishga ham erisha oldi. Devid Xanko, Kvinten Timber va Santyago Ximeneslar ilk o‘yindayoq samarali o‘yinni namoyish eta boshlagandilar.

Slot jamoasi start bellashuvida «Vitess»ni 5:2 hisobida yengdi va chempionlikka intilishini namoyish etdi. Murabbiy esa APL vakillari e’tiborini torta boshladi. Biroq murabbiy Rotterdamda qoldi. Agar «PSV»ning ideal barqarorligi bo‘lmaganida, jamoa yana chempion bo‘lardi. Slot shogirdlari Erediviziyedagi omadsizlik alamini Niderlandiya Kubogi turnirining 1/8 finalida «PSV»ni yengish bilan olishdi va yakunda kubok sohibi bo‘lishdi.

Slotning yuksak salohiyatini ana shu natijalardan bilib olish mumkin, lekin bu yagona dalil emas. Niderlandiyalik mutaxassisning «Feyenoord» bilan qo‘lga kiritgan sovrinlardan muhimroq bo‘lgan fazilati - jamoaning o‘yin uslubini tubdan o‘zgartira olish qobiliyati. Advokat davrida jamoa o‘ta ehtiyotkor taktikaga rioya qilardi. Arnening futbolga bo‘lgan nuqtai,nazari tamoman o‘zgacha. U «Feyenoord»ni so‘nggi yillardagi eng hujumkor jamoaga aylantirdi. Sermahsul o‘yinlarni jamoa aynan Slot rahbarligida namoyish eta boshladi. Murabbiyning 4-3-3 va 4-2-3-1 taktik sxemalarida qanot himoya­chilari nisbatan ancha oldinda va kengroq hududda to‘p surishadi. Ikki nafar nominal vingerlar esa tez-tez o‘z pozisiyalarini o‘zgartirib, maydon markazida buzg‘unchi rotasiyani shakllantirishga ko‘maklashadilar. To‘psiz qolgan paytlarda ham «Feyenoord» mazmunli harakatlarni amalga oshiradi. Jamoa doimo yuqori pressingni qo‘llaydi, raqib jarima maydonchasi ichida va uning atrofida «podkat»dan unumli foydalanadi. Raqibdan to‘pni tortib olish qiyinlashib qolganda esa 6-3-1 sxemasini qo‘llab, raqib uchun bo‘sh hudud qoldirmaydi.

Taktika nuqtai-nazaridan Arne Slot «Liverpul»ga juda mos keladi, o‘yin uslubi esa Klopp jamoasining eng sara o‘yinlarini eslatadi. Lekin bunday nomdor jamoada o‘z konsepsiyasini shogirdlariga aniq yetkazish, u yerdagi bosimni yenga olish yanada muhimroq ahamiyatga ega. To‘g‘ri, uzoq yillar davomida Slotning jamoani boshqarish qobiliyatiga qoyil qolgan kishilar juda ko‘p. Jumladan, «Feyenoord»ning sobiq sardori Yens Tornstra murabbiyning o‘z shogirdlariga motivasiya berishi va kerakli pallada qo‘zg‘ata olishiga yuksak baho bergandi.

Futbolchilarning rivojlanish darajasi ham Slot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. «Feyenoord»ning byudjeti «Ayaks» va «PSV»ning moliyaviy imkoniyatlaridan ancha kam. Shogirdlarining muntazam ravishda kutilganidan yaxshiroq natijalarga erishishi esa, ko‘p jihatdan murabbiyga bog‘liq. Bu masalada Slotning omilkorligi ayniqsa, Ximenesning o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Meksikalik futbolchi Rotterdam grandi tarkibiga MX Ligasidagi 4 uchrashuvda bor-yo‘g‘i bitta gol urgan hujumchi maqomida kelgandi. Joriy mavsumda u Erediviziyedagi 29ta o‘yinda 21 marta raqiblari darvozalarini ishg‘ol etdi va qit’aning nomdor klublari e’tiborini tort­moqda.

«Liverpul» nuqtai-nazaridan olganda, mazkur e’tiroflar jamoada ezgu umidlarni uyg‘otadi. Lekin yangi bosh murabbiy «Enfild»da «qizillar» uchun afsonaga aylangan kasbdoshidek samarali faoliyat yuritishiga ishonish qiyin. Xo‘sh, Arne OAVning bosimiga dosh bera oladigan nufuzli shaxs maqomiga ko‘tarila oldimi? U hech qachon matbuot vakillari savollariga munosib javob qaytarishda muammoga duch kelmagan va o‘z jamoasi hamda jamoasini himoya qilgan. Biroq bularning barchasi Niderlandiyada qolib ketdi. Angliya - Niderlandiya emas, bu yerda OAV bilan muloqot qilish, ularning bosimiga bardosh berish qiyinroq. Lekin boshqa tomondan, buyuk cho‘qqini nishonga olgan har qanday murabbiy bu yo‘lda kuchli bosimga duch kelishi muqarrar.

SLOT RASMAN «LIVERPUL» BOSH MURABBIYI!

«Liverpul» yangi bosh murabbiyini e’lon qildi. Yurgen Klopp o‘rnini Arne Slot egalladi. Mersisayd klubi niderlandiyalik murabbiy bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. 45 yoshli mutaxassis 1 iyundan o‘z vazifasini bajarishga kirishadi. Slot so‘nggi 3 mavsumda «Feyenoord»ni boshqardi va 2023 yilda jamoani Niderlandiya chempioniga aylantirdi, bu mavsumda esa rotterdamliklar mamlakat kubogini yutishdi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:05, 28.05.2024.
O'qildi: 2304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.