Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Boks. Mayk Tayson samolyotdan to‘g‘ri kasalxonaga olib ketildi

Boks. Mayk Tayson samolyotdan to‘g‘ri kasalxonaga olib ketildi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Mayamidan Los-Anjeles shahriga uchgan boks afsonasini favqulodda gospitalga olib ketishga to‘g‘ri keldi.

Guvohlarning aytishicha, samolyot qo‘nishiga yarim soatdan ko‘proq vaqt qolgan bir paytda bortda shifokor bormi degan e’lon yangradi. Natijada "Temir Mayk" samolyotdan to‘g‘ri tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.

"Mister Taysonda hammasi joyida. Qo‘nishimizga 30 daqiqada qolgan bir paytda Maykning oshqozondagi yazvasi, ya’ni yarasi bezovta qila boshladi. Buning natijasida bosh aylanishi, chanqoqdan og‘iz qurishi holatlari yuzaga keldi. Baxtimizga hammasi ko‘ngildagidek o‘tdi. Samolyot bortida bizga birinchi yordamni bergan, keyinchalik shifoxonada g‘amho‘rlik qilgan tibbiyot xodimlariga rahmat aytamiz", - deya The New York Post nashriga ma’lumot bergan Taysonning vakili.

Hozircha, Mayk Tayson bilan bo‘lib o‘tgan voqea uning 20 iyul kuni Arlingtonda Jeyk Polga qarshi o‘tkazadigan jangiga ta’sir o‘tkazadimi-yo‘qmi, hozir bu ma’lum emas.

Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 12:54, 28.05.2024.
O'qildi: 5778 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.