Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Maksim Shaskix: «Penaltilarni qanday mashq qilish mumkinligini bilmayman»

Maksim Shaskix: «Penaltilarni qanday mashq qilish mumkinligini bilmayman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superkubogi o‘yinidan avval "Paxtakor" bosh murabbiy Maksim Shaskix, futbolchilar Doston Hamdamov va Diyor Xolmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Maksim Shaskix: - Ertaga futbol o‘ynashni yaxshi ko‘radigan ikki jamoa to‘qnash keladi. O‘yinlarimiz doim qiziqarli kechadi. Maydon holati juda yaxshi va ertaga muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatishga intilamiz.

Superkubok mavsum davomida yutish mumkin bo‘lgan sovrinlardan biri. Tarkibimizdagi ko‘p futbolchilar hali yosh, ular maydonda o‘zlari sovrin yutishlari mumkin. Biz bor kuchimizni beramiz.

"Nasaf"da tarkib borasida muammo bor desangiz, men jim turganim ma’qul. Har bir uchrashuvdan keyin jarohat yoki diskvalifikasiyaga duch kelyapmiz. Oxirgi o‘yinlarda vaziyatlarimizning yarmidan foydalanganimizda ham biz bir necha bahslarni birinchi bo‘limdayoq yakunlagan bo‘lardik. Lekin boshqa jamoalar ham mehnat qilmoqda, qarshilik ko‘rsatishmoqda. Hozir oson yengilayotgan yoki boshqalardan ajralib turgan jamoa yo‘q. Chempionat o‘sib boryapti deb o‘ylayman. Biz esa yoshlar bilan barqaror o‘yin namoyish qilishimizga vaqt kerak.

Penaltilar tepishda bosim bo‘ladi, shu sababli uni qanday mashq qilish mumkin, bilmayman. Buyuk futbolchilar ham penaltilarda xato qilishgan. Raqibning qanday tepishi, jarima va burchak zarbalari ustida ishlash mumkin. Muxlislarni yaxshi havoda chiroyli futboldan zavq olishga taklif qilaman.

Dostonbek Hamdamov: - Bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Maydon sifati yaxshi ekanini ko‘rdik. Ishqibozlarimizni g‘alaba bilan xursand etishga urinamiz.

Paytida biz ham yosh bo‘lganmiz. Kattalar maslahat bergan, ulardan xulosa chiqarganmiz. Yosh futbolchilar ham shuni tushunishi kerakki, bu ular uchun berilgan ajoyib imkoniyat. Katta futbolda o‘zlarini ko‘rsatib, kelajakda yuqori darajaga chiqishlari mumkin. Sovrin yutishlari uchun ham qulay payt. Ko‘pchiliklari ilk bor "Bunyodkor" stadionida o‘ynashadi.

Diyor Xolmatov: - Hammaga salom. Jamoamizda kayfiyat yaxshi, ertangi bellashuvga tayyormiz. Sovrinni qo‘lga kiritib, muxlislarga yoqimli onlar taqdim etmoqchimiz.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:27, 28.05.2024.
O'qildi: 2906 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.