«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik zaxiradagi futbolchilarga ko‘proq imkoniyat berishga tayyor.
Barca Universal xabariga ko‘ra, nemis mutaxassisi xalqaro tanaffusdan so‘ng tarkibda jiddiy rotasiya amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bunga sabab «ko‘k-anorranglilar»ning haftasiga ikkitadan o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.
Doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Gabriel Jezus, Hamza Abdelkarim va Brayan Farinyas kabi futbolchilarga ko‘proq o‘yin vaqti berilishi kutilmoqda.
Shuningdek, jamoa sardori Rafinya Diasga La Liganing 10 oktyabr kuni «Xetafe»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchrashuvida dam berilishi mumkin.
Oktyabr oyida «Barselona»ni yana «Galatasaroy»ga qarshi safar o‘yini 13 oktyabr kuni, «Betis» bilan safar bahsi 17 oktyabr kuni, «PSJ»ga qarshi safar uchrashuvi 20 oktyabr kuni va 25 oktyabr kuni Madridning «Real» klubiga qarshi uydagi o‘yin kutmoqda.













