Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Ro‘ziqul Berdiyev: «100 ta uchrashuv esdan chiqishi mumkin, ammo Superkubok yodda qoladi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «100 ta uchrashuv esdan chiqishi mumkin, ammo Superkubok yodda qoladi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superkubogi-2024 o‘yini oldidan o‘tkazilgan rasmiylar ishtirokidagi matbuot anjumanida ishtirok etgan "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev uchrashuvga tayyorgarlik jarayoni va boshqa savollarga javob berdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: Tayyorgarlikni Qarshidagi qarorgohimizda olib bordik. Toshkentga bugun etib keldik. Raqib safidagi futbolchilar haqida etarlicha tushuntirish berdik. Chiroyli o‘yin ko‘rsatib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

Akmal Mozgovoy: Bunday o‘yinlarda o‘ynash futbolchilar uchun sharaf. O‘yinga yaxshi tayyorgarlandik deya olaman. Chiroyli o‘yin ko‘rsatib kubokni Qarshiga olib ketishga harakat qilamiz.

Viktor Da Silva: Ertaga bizni jiddiy bahs kutib turibdi. Mamlakatning ikki kuchli jamoasi sovrin uchun bellashadi. Yaxshi o‘ynab ijobiy natija ko‘rsatishni istaymiz.

Ro‘ziqul Berdiyev: Kubok bahslaridan chiqib ketganimiz biz uchun ancha og‘riqli bo‘ldi. Muxlislarimiz oldida ham ancha uyatga qoldik. "Navbahor"ga mag‘lub bo‘lganimizdan keyin ancha tushkun vaziyatga tushib qoldik. Ikkita safar o‘yinida ijobiy natija ko‘rsata olmadik. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor albatta. Buni futbolchilar ham biladi. Qanchalik og‘riqli bo‘lmasin, buni qabul qilishimiz kerak. Oldimizda boshqa katta maqsadlar bor. Shu maqsadlarga erishish uchun harakat qilamiz.

Albatta, o‘yin oldidan ancha muammolarga duch keldik. Uch nafar markaziy himoyachimiz yo‘q. Ularning o‘rnilarini boshqa pozisiyadagilar bilan to‘ldirishga majburmiz. Umid qilamanki, ular ertaga ishonchni oqlay oladilar.

Bu o‘yinga futbolchilarni ruhlantirish shart emas. Bitta o‘yindan iborat final deyish mumkin. Oldingi o‘yinlardagi natijalarimizni esdan chiqarish mumkin. Ammo, bunday o‘yinlar doim esda qoladi. Buni futbolchilar ham juda yaxshi bilishadi. Ammo, shunday bo‘lsada buni futbolchilarga tushuntirishga harakat qilayapmiz.

Hozir futbolda shunday tendensiya paydo bo‘ldi. Zamonaviy futbolda natija muhim bo‘lib borayapti. Shuning uchun ba’zida hujumkorlikdan himoyaviy futbolni afzal ko‘ramiz. Xatto, "Real" ham kerak bo‘lsa himoyada o‘ynayapti. Bu futbol.

Qaysidir murabbiyga qarshi alohida tayyorgarlik ko‘rmayman. Shaskix bilan o‘zaro statistikam yaxshi bo‘lishi mumkin. Ammo, buni hozir o‘ylamayapman. Dragan Cheranni yaxshi bilaman. Buni kecha mashg‘ulotlar paytida futbolchilar bilan gaplashgandik. Raqib jiddiy. Bizga qarshi boshqacha motivasiya bilan o‘ynaydi. Boshqa o‘yinlarda ular yaxshi natija ko‘rsata olmayotgan bo‘lishlari mumkin. Ammo, Nasafga qarshi boshqacha «Paxtakor»ni ko‘rish mumkin. Bitta o‘yinga «Paxtakor» bemalol futbolchilarni ruhlantira oladi.

Akmal Mozgovoy: Murabbiy qaysi pozisiyaga qo‘ysa, o‘sha pozisiyada o‘ynaymiz. Bu har qanday futbolchining burchi. Taktikani murabbiy tanlaydi va biz shu taktikaga moslashamiz. Pozisiyamni almashtirganim omad keltirayaptimi? G‘alaba qozonayapmiz, demak, omad keltirayapti deyish mumkin.

Ro‘ziqul Berdiyev: Futbolimiz darajasi o‘sib bormoqda. O‘yin sifati ham ancha oshdi. Stadionlarga muxlislar tashrifi ancha oshgan. Bu quvonarli holat, albatta. Jamoalarning saviyasi o‘sgani yaqqon bilinayapti. Qiziqarli o‘yinlar soni ko‘paydi. O‘ylaymanki, ertaga ham stadionga ko‘plab muxlislar keladi.

Viktor Da Silva: Umid qilamanki, ertaga bizni qo‘llash uchun stadionga ancha muxlislar kelishadi. Bu biz uchun juda muhim. Ularning qo‘llab-quvvatlashlari bizga kerak. Bu bizga kuch beradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 09:46, 29.05.2024.
O'qildi: 1336 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.