Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Real" yarim himoyachisi Toni Kroosning futbolchilik faoliyatini yakunlash haqidagi qarori haqida fikr bildirdi.
"U bu haqda uzoq vaqtdan beri o‘ylayotgandi. Tonida isbotlash uchun hech narsa qolmadi. Oldinda uni katta intiqlik bilan kutayotgan muhim turnir turibdi. Agar Germaniya Yevropa chempioni bo‘lsa, unda u barcha qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan sovrinlarni yutgan bo‘ladi. Bu ketish uchun eng yaxshi vaqt bo‘ladi", - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Goal.com portali.