"Inter" hujumchisi Markus Tyuram Italiyadagi ilk mavsumiga baho berdi.
Fransiyalik futbolchi o‘tgan yozda erkin agent sifatida “neradzurrilar”ga o‘tgan edi. Simone Indzagi jamoasi tarkibida forvard 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, A Seriya g‘olibiga aylandi.
"Bunday mavsumdan keyin o‘zimga hech qanday cheklovlar qo‘ymoqchi emasman. Hozir men faoliyatimdagi eng yaxshi davrni boshdan kechirmoqdaman. Har yili o‘zimni yaxshilay olishimni isbotlashga muvaffaq bo‘ldim - taktik nuqtai nazardan ham, statistika bo‘yicha ham. Qanot futbolchisi sifatida o‘ynash men uchun o‘tmishda qoldi - endi men markaziy hujumchiman", - dedi 26 yoshli futbolchi Le Monde nashriga bergan intervyusida.