Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Malik Tshau: «Futbolda eng muhimi – hamisha tayyor turish»

Malik Tshau: «Futbolda eng muhimi – hamisha tayyor turish»

Baho:
+ | -

«Milan»ning Germaniya/finlyandiyalik 22 yoshli himoyachisi Malik Tshau yaqinda Milan shahrida joylashgan Gae Aulenti maydonida ochilgan Under Armour sport mahsulotlari do‘koni ochilishida qatnashdi.

 Iste’dodli himoyachi tadbir doirasida OAV vakillariga ham qisqacha vaqt ajratdi.

- Bu mavsum «Milan»da deyarli barcha o‘yinlarda 4 nafar himoyachi sxemasida o‘ynadingiz. Oldin esa «Shalke»da asosan 3 nafar himoyachi taktikasida to‘p surgansiz. O‘zingiz uchun qaysi chizma qulayroq?

- O‘ylaymanki, yaxshi himoya ma’lum bir taktik chizmaga bog‘liq emas. Axir har qanday sxemada turli futbolchilar bilan birga harakatlanasiz. Oddiy aytganda, son emas, sifat muhimroq. Umuman, har ikki chizmada ham o‘zimni birdek qulay sezaman.

- Sizga «Real» va «Bavariya» tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar urchimoqda...

- Bu futbolning bir qismi, har doim turli xabarlar yang­rashi odatiy hol. Hozirda bor e’tiborim faqat «Mi­lan»ga qaratilgan. Keyingi mavsum jamoa bilan ko‘proq yutuqlarga erishishni xohlayman. Shunday ekan, mish-mishlar emas, o‘z harakatlarim va jamoa o‘yini haqida bosh qotirganim ma’qulroq.

- Mavsum siz uchun noodatiy tus oldi, xususan, jarohat uzoq vaqt chetda qolishingizni taqozo etdi. O‘yiningizni qanday baholaysiz?

- Bundan yaxshiroq o‘ynashga qodirligimni bilaman. Ishlar o‘zingiz o‘ylaganingizdek kechmayaptimi, unda qaysidir jihatlarni yanada yaxshilashingiz kerak. Yo‘q, o‘zimni koyishimga hojat yo‘q. Shunchaki, oldinga siljish va rivojlanishga harakat qilish to‘g‘riroq bo‘ladi. Futbolda eng muhimi - jamoa uchun hamisha tayyor turish. Aks holda, o‘sishga erisholmaysiz, maydonda so‘zingizni aytolmaysiz. Xullas, keyingi mavsumda jarohatlardan qochib, rivojlanishda davom etishim kerak.

- Klub afsonasi Paolo Maldini haqida qanday fikrdasiz?

- Uni futbolchi rolida ko‘p ko‘rmaganman, faqat faoliyati oxiridagi ba’zi o‘yinlari videoyozuvini tomosha qilganman. Maldini hamon barcha zamonlarning eng yaxshi himoyachilari qatorida tilga olinayotgan ekan, demak, shunga yarasha o‘ynagan. Paolo bilan yil davomida muloqot qilish yoqimli bo‘ldi. U ba’zi tavsiya-maslahatlar berdi, albatta, lekin ularni oshkor qilishim shart emas.

- Muxlislarning e’tirozlari yuzasidan nima deya olasiz?

- «Milan» - ajoyib jamoa. Ammo kerakli natijaga erisholmadik, demak, klubni qattiq yaxshi ko‘radigan fanatlar g‘azablanishga haqlilar. Albatta, bundan ancha yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. Muxlis ba’zan sevimli jamoasiga kuyunganidan maydonda kuzatilayotgan voqealarga nisbatan oshkora e’tiroz bildirishi mumkin. Buni to‘g‘ri qabul qilish, fanatlar talablarini tinglash va keyingi mavsumda ularni qoniqtiradigan darajada o‘ynash haqida bosh qotirish maqsadga muvofiq. 

- Germaniya futbolidan «A» seriyaga o‘tishda nechog‘li qiynaldingiz?

- Bunda ba’zi mushkolotlar sezildi, albatta. «A» seriyada hujumchilar jismonan baquvvatroq. Shuning uchun to‘liq 90 daqiqa davomida diqqatni jamlashingiz talab etiladi.

- O‘zingizni bugungi «Milan» yetakchilaridan biri sifatida his qilyapsizmi?

- Hali yo‘q. Yetakchilik maqomi tezda berilmaydi, avvalo, barchasini maydonda isbotlash kerak. Buning uchun esa vaqt ketadi, baribir.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:54, 01.06.2024.
O'qildi: 643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.