Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres yarim himoyachi Luka Modrichning kelajagi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
"Ehtimol, Luka biz bilan qoladi. O‘ylaymanki, u yana bir mavsum «Real»da o‘ynaydi", - deya Peresning so‘zlarini keltiradi Fabrisio Romano.
Avvalroq "Real" 38 yoshli xorvatiyalik futbolchi bilan bir yillik shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar berilgandi.