Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Ronalduning buyukligi nimada?

Ronalduning buyukligi nimada?

Baho:
+ | -

Tarmoqlarda Krishtianu Ronalduning kubok finalida «Al-Hilol»ga penaltilar seriyasini yutqazgandan keyingi holati, yig‘lagani aylanib yuribdi.

Men oddiy, futbolni tushunib-tushunmay bir narsalarni qoralaydigan, mahalliy darajadagi bir jurnalist bo‘lib ham, Saudiya Arabistonidagi futbolni mensimayman, yozmayman, hamkasblarim ko‘p yozishsa, ensam qotadi, haqiqiy futbol Yevropada, shuning uchun Messi yo Ronalduning gollari ham, o‘yinlari ham futbolmas, deb hisoblayman. O‘z darajalari uchun albatta.

Ana endi, menki, shunaqa tepadan qarab tursamu, bir necha «Oltin to‘p» sohibi, ham klub, ham terma jamoasi bilan Yevropa chempioni, yana o‘nlab rekordlar sohibi, futbolning eng cho‘qqisini ko‘rgan Ronaldu yig‘lab o‘tirsa?

Tabiiyki, futbolchi maosh olgach, bor imkoniyatini ishga soladi, har qanday o‘yinga jiddiy qarashga majbur, xuddi agar menga tahririyatdan Saudiya futbolini yoritish topshirilsa, bor e’tiborimni qaratishim shartligi singari - professionalizm. Futbolda, hayotda ham professionallarni topish qiyin emas.

Lekin emosiya, ko‘z yoshlar bu boshqa, yuqoriroq daraja. Bu insonning xarakterini ham ochib beradi, ishiga, mehnatiga, o‘ziga, unga ishonganlarga, orzusiga bo‘lgan munosabatning qanchalik yuqori ekanini isbotlaydi. Eslab qoling, qanchadir yil o‘tib, Ronalduning Medeyradagi mahallalar o‘rtasidagi qandaydir o‘yinda yutqazganini va yig‘lab o‘tirganini ko‘ramiz, aniq.

Shuning uchun ham, Ronaldu, bugundanmas, ellik yil keyindan turib qaraganimizda ham, eng buyuklardan bo‘lib turaveradi, undan kam bo‘lmagan, balkim, undan iqtidorliroq Ronaldinio, Kaka, Azar, Ibrahimovich, Zidan, Figu, Runi, umuman hammadan yuqoriroqda tilga olinaveradi. Shunchaki, qoyil!



Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 10:00, 02.06.2024.
O'qildi: 8177 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик