Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Kurtua joriy mavsum birorta o‘yinda gol o‘tkazib yubormadi

Kurtua joriy mavsum birorta o‘yinda gol o‘tkazib yubormadi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua 2023/24 yilgi mavsumni birorta ham gol o‘tkazmagan holda yakunladi.

Belgiyalik futbolchi jarohatlari tufayli mavsumdagi ilk o‘yinni faqat 4 may kuni o‘tkazdi.

Darvozabon 5 ta o‘yinda qatnasha oldi va ulardan birortasida ham gol o‘tkazib yubormadi: “Kadis” bilan 3:0, “Granada” bilan 4:0, “Alaves” bilan 5:0, “Betis” bilan 0:0 va Dortmund “Borussiya”si bilan 2:0.

Niklas Fyullkrug Chempionlar ligasi finalida Kurtua darvozasiga gol urdi, biroq o‘yindan tashqari holat tufayli gol inobatga olinmadi.

Shu tariqa, Tibo mavsumni birorta ham gol o‘tkazmasdan yakunladi – 5 ta o‘yindan 5 tasi "quruq" o‘yin va ularda 19 ta seyv.

Kiritildi: 11:17, 02.06.2024.
O'qildi: 1978 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик